Kompaniya bilan hamkorlikda Toshkent shahrida haydovchilik, parvarish va umumiy ovqatlanish sohalari uchun nomzodlarni yapon tili va kasbga tayyorlash dasturlari amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda ushbu loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, hududlarda yangi ta’lim markazlarini ochish hamda yoshlarni tayyorlash va Yaponiyada ishga joylashtirish ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.