Xususan, ovoz berayotgan foydalanuvchining haqiqiy shaxs ekanligini tasdiqlash hamda avtomatlashtirilgan botlar orqali ovoz yuborish holatlarini aniqlash mexanizmi kuchaytirilgan. Shu sababli ayrim holatlarda ovoz berish jarayoni odatdagidan biroz ko‘proq vaqt olishi mumkin.

Kuchaytirilgan himoya mexanizmlari orqali noqonuniy Telegram botlari yordamida 3,5 mlndan ortiq ovoz yuborishga qaratilgan urinishlar aniqlanib, ularning oldi olinmoqda.