Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan 50 dan ortiq ovoz toʻplagan, ammo gʻolib boʻla olmagan 346 ta loyiha qoʻshimcha gʻolib deb eʼlon qilindi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun jami 240,3 milliard soʻm yoʻnaltirildi.
Shuningdek, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga koʻra, mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 71 ta loyiha qoʻshimcha gʻolib deb topildi. Ularni moliyalashtirish uchun jami 101 milliard soʻm yoʻnaltirildi.
Shu tariqa, 417 ta qoʻshimcha gʻolib loyihani amalga oshirish uchun jami 341,3 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.
Deputatlar tashabbusi boʻyicha gʻolib boʻlgan loyihalar roʻyxati — bu yerda.
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorlariga koʻra gʻolib deb topilgan loyihalar roʻyxati — bu yerda.