Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, Samarqand viloyati Samarqand shahri Registon mahallasi hududida joylashgan futbol stadionini taʼmirlash loyihasining 50 foiz qismi fuqarolar tomonidan moliyalashtirildi. Shu munosabat bilan loyiha avtomatik ravishda gʻolib deb topildi.
Sheriklik asosida kiritilgan loyihalar belgilangan tartibda avtomatik ravishda gʻolib deb topilishi uchun fuqarolar tomonidan zarur mablagʻlar tranzit hisobraqamlariga oʻtkazilishi lozim.
Eslatib oʻtamiz, sheriklik loyihalari boʻyicha fuqarolar mablagʻlarni 21-avgust soat 18:00 ga qadar tranzit hisobraqamlariga oʻtkazishlari kerak.