Oyoqlariga hech issiq o‘tmasligidan shikoyat qiluvchilar ko‘plab topiladi. Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, «sovuq oyoqlar» siri faqatgina xonadondagi pechka va batareyalarning yaxshi isimasligi yoki yupqa paypoq «ostida» yashirinmagan.
Diyetolog Helen Bond muammoning sirini ochdi. Aytishicha, oyog‘i sovib ketishidan shikoyat qilib keluvchilar soni karantin davrida ko‘payib qolgan. Bondning fikricha, bu odamlarning odatiy hayot tarzi keskin o‘zgarishib ketishi bilan bog‘liq — kam harakatlanish. Kamiga uy sharoitida odamlar tez-tez va to‘yimliroq ovqatlanishga o‘tishgan, oqibatda qonda xolesterin ko‘payib ketgan.
«Sovuq oyoqlar» simptomi bilan hazillashib bo‘lmaydi: qon ta’minoti buzilib, oyoq-qo‘llarga yaxshi yetib bormay qolishi, periferik arteriyalar kasalliklari, yurak xastaliklari, hatto insultgacha olib kelishi mumkin.
Helen Bond oyoqlar sovishi tez-tez bezovta qiladigan insonlarga shifokor ko‘rigidan o‘tishni qat’iy tavsiya qilgan, shunda, ehtimol, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olgan bo‘lasiz.
Va albatta, tonggi badantarbiyani kanda qilmang. Natijasini esa 30 kundayoq bilasiz, deydi diyetolog.
Oyoqlar sovishiga faqat qish sababchi emas
«Sovuq oyoqlar» simptomi bilan hazillashib bo‘lmaydi.
Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga
- O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining to‘rtinchi biznes forumi ishtirokchilariga
- Davlatimiz rahbari FIFA Prezidentini qabul qildi
- Prezidentimiz ustoz va murabbiylar bilan uchrashib, ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslarni belgilab berdi
- Oyga kimlar parvoz qilmoqchi?
- Rossiyaga ishga borishdan oldingi jarayonlar: yangi mеxanizm muhokama qilindi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda