Onlayn-uçraşuv Özbekistonning YUNESKO huzuridagi Doimiy vakolatxonasi taşabbusi bilan ötkazildi. Unda Ğarbiy Avstraliya universiteti arxeologiya professori, IKOMOSning Qoya toş sanʼati böyiça xalqaro ilmiy qömitasi prezidenti Bendjamin Smit iştirok etdi.
Muhokamalarda, şuningdek, Özbekistonning YUNESKO işlari böyiça Milliy komissiyasi, Madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş jamğarmasi, Madaniy meros agentligi, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi hamda Navoiy viloyati hokimiyati vakillari qatnaşdilar.
Navoiy viloyatida joylaşgan Sarmişsoy mamlakatning eng maşhur qoyatoş sanʼati yodgorliklaridan biridir. Uning köplab petrogliflari mintaqa qadimiy aholisining turli tarixiy davrlari va madaniy anʼanalarini özida aks ettirib, Markaziy Osiyo merosini örganişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uçraşuv davomida Sarmişsoy qoyatoş tasvirlarining madaniy qiymati va hududning tabiiy xususiyatlarini özida birlaştirgan holda aralaş butunjahon merosi obyekti sifatida taqdim etiş imkoniyati körib çiqildi.
Bendjamin Smit yodgorlikning salmoqli tarixiy-madaniy salohiyatini qayd etdi. Şu bilan birga, ekspert aralaş nominatsiyani asoslaş uçun hududning tabiiy xususiyatlarini qöşimça ravişda örganiş zarurligini taʼkidladi.
Iştirokçilar YUNESKOning Butunjahon merosi töğrisidagi konvensiyasi talablariga alohida eʼtibor qaratdilar. Xususan, qiyosiy tahlil ötkaziş, çegaralar va bufer zonalarni belgilaş, obyektni boşqariş rejasini işlab çiqiş hamda petrogliflarning uzoq muddatli saqlanişini taʼminlaş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar ilmiy materiallar almaşiş, qöşimça ekspert maslahatlaşuvlarini ötkaziş va uzoq muddatli hamkorlik formatlarini belgilaş kabi qöşma işlarni davom ettirişga kelişib oldilar.
Nominatsiya hujjatlarini tayyorlaş xalqaro talablar va YUNESKO ekspertlarining tavsiyalarini hisobga olgan holda davom ettiriladi.