Xususan, umumiy örta taʼlim taşkilotlarining musiqa fani öqituvçilariga öquvçilarning çolğu asboblarini ijro etiş darajasidan kelib çiqib, har oylik ustamalar tölanişi belgilandi.

Ustamalar miqdori quyidagiça belgilangan:

  • 95–100 ball — 20 foiz;
  • 90–94 ball — 18 foiz;
  • 85–89 ball — 16 foiz;
  • 80–84 ball — 14 foiz;
  • 75–79 ball — 12 foiz;
  • 70–74 ball — 10 foiz;
  • 65–69 ball — 8 foiz;
  • 60–64 ball — 5 foiz.

60 balldan past natija qayd etilganda ustama tölanmaydi.

Umumiy örta taʼlim taşkilotlari musiqa fani öqituvçilarining bazaviy tarif stavkalariga ustamalar har oyda direktor jamğarmasi mablağlari hisobidan, taʼlim muassasasi direktori buyruği asosida tayinlanadi.