Bugungi kunda jamiyat taraqqiyotiga tösqinlik qilayotgan muammolardan biri aynan korrupsiya hisoblanadi. U davlat taşkilotlari faoliyatining samaradorligiga salbiy taʼsir körsatadi, fuqarolar örtasida tengsizlikni yuzaga keltiradi va qonunlarga bölgan işonçni susaytiradi. Ayniqsa, inson öz bilim va mehnati bilan erişişi kerak bölgan natijaga noqonuniy yöl orqali erişişga odatlansa, bu holat jamiyatda adolat mezonlarining buzilişiga olib keladi.
Şu sababli korrupsiyaga qarşi kuraşiş haqida fikr yuritganda, faqat jazolaş mexanizmlariga tayaniş yetarli emas. Eng avvalo, insonda halollikni kundalik hayot va mehnat faoliyatining ajralmas qismi sifatida qabul qiliş könikmasini şakllantiriş zarur.
Har bir kasbning öziga xos masʼuliyati mavjud. Masalan, taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan pedagog talabaga bilim beriş bilan birga, uning şaxs sifatida şakllanişiga ham taʼsir körsatadi. Talabalarning bilimini xolis baholaş, ularga teng munosabatda böliş va heç qanday noqonuniy manfaatni közlamaslik pedagogning kasbiy burçidir.
Şu örinda bir jihatga eʼtibor qaratiş lozim: halol xodim faqat qonunni buzmaydigan inson emas, balki öz jamoasida ham adolat va işonç muhitini yaratişga hissa qöşadigan şaxsdir.
Özbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça tegişli qonunçilik bazasi şakllantirilgan. Jumladan, 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan ÖRQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonun uşbu yönalişdagi davlat siyosatining huquqiy asoslarini belgilaydi. Şuningdek, 2024-yil 5-iyundagi ÖRQ-931-sonli “Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida”gi Qonun taşkilotlarda şaxsiy va xizmat manfaatlari örtasidagi ziddiyatlarning oldini olişga xizmat qiladi.
Korrupsiyaga qarşi samarali tizimni şakllantiriş uçun har bir taşkilotda soğlom maʼnaviy muhit bölişi kerak. Bunda rahbarning örni alohida ahamiyatga ega. Rahbar öz xatti-harakati bilan jamoaga namuna böla olsa, xodimlarda ham masʼuliyat va intizom hissi kuçayadi.
Ayrim hollarda korrupsiyaviy holatlarning yuzaga kelişiga taşkilotdagi iş jarayonlarining murakkabligi, ortiqça hujjatbozlik, nazoratning sustligi yoki qaror qabul qilişda şaffoflik yetişmasligi sabab böladi. Şu bois iş jarayonlarini soddalaştiriş, elektron xizmatlardan foydalaniş va xodimlarning javobgarlik doirasini aniq belgilaş muhim hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş uçun, avvalo, xodimlarning huquqiy savodxonligini oşirişga qaratilgan muntazam maşğulotlarni taşkil etiş, halollik va korrupsiyaga murosasiz munosabatni kundalik mehnat faoliyatining ajralmas qismiga aylantiriş, rahbar va xodimlar faoliyatida oçiqlik, xolislik hamda şaxsiy namuna tamoyillarini mustahkamlaş zarur. Şuningdek, manfaatlar töqnaşuvi yuzaga kelişi mumkin bölgan vaziyatlarni oldindan aniqlaş va qonuniy hal etiş, fuqarolar hamda xodimlar murojaatlarini körib çiqişda şaffoflik va adolatni taʼminlaş, halol mehnati va masʼuliyatli faoliyati bilan namuna bölayotgan xodimlarni rağbatlantirişga alohida eʼtibor qaratiş maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, yoşlar orasida halollik madaniyatini şakllantirişga alohida eʼtibor beriş lozim.
Jazodan qörqiş insonni maʼlum vaqt davomida notöğri harakatdan tiyişi mumkin, ammo halollik va vijdon unga har qanday şaroitda töğri yölni tanlaşga yordam beradi. Şu sababli korrupsiyaga qarşi kuraşning eng muhim bosqiçi har bir insonning öz faoliyatiga masʼuliyat bilan yondaşişi va halollikni hayotiy tamoyil sifatida qabul qilişidir.
Ramziddin Xaydarkulov,
“Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiS”
Olmaliq şahridagi filiali talabasi