O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida erkin savdo rejimini shakllantirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashto‘g‘risidagi hujjat imzolandi. Mazkur hujjat o‘zaro savdoni kengaytirish va ikki mamlakat bozorlariga kirish shartlarini yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Singapore Cooperation Enterprise bilan Singapur tajribasi va ekspertizasidan foydalangan holda maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish sohasidagi kelishuvlar mustahkamlandi.

Wilmar International va Indorama ishtirokida oziq-ovqat sanoati sohasida bitim imzolandi. Toshkent viloyatida o‘simlik yog‘larini ishlab chiqarish va qayta ishlashni tashkil etish, keyinchalik esa yem-xashak bazasi va parrandachilikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.