14-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent shahrida havo sifati “o‘rtacha” darajada bo‘ldi.

Ayrim soatlarda va hududlarda havo sifatining qisqa muddatli yomonlashishi kuzatildi. Kuchsiz shamol va harorat inversiyasi ifloslantiruvchi zarrachalarning yerga yaqin qatlamda to‘planishiga sharoit yaratdi.

Milliy havo sifati indeksi bo‘yicha shahar o‘rtacha ko‘rsatkichlari PM2,5 uchun “Yashil”, PM10 uchun “Sariq” darajada saqlandi.

14-oktabr kuni soat 10:00–17:00 da havo sifati asosan “o‘rtacha” — AQI 75–100 oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda. Soat 19:00 dan keyin zarrachalar miqdori oshib, 20:00–23:00 da AQI 100–150, ya’ni “Sezgir guruhlar uchun nosog‘lom” darajaga yetishi prognoz qilinmoqda. Eng yuqori ko‘rsatkichlar 22:00–23:00 da shaharning shimoliy va g‘arbiy qismlarida kutilmoqda.

Atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilib borilmoqda.