Adliya vazirligi tomonidan 29 ta vazirlik va idoralarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatida byurokratik to‘siqlarni qisqartirishi bo‘yicha faoliyati o‘rganildi.
Unda vazirlik va idoralar tomonidan prezidentning tegishli farmoni talablari buzilganligi, ayrim tadbirlar ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlandi.
Xususan, 1 iyundan 18 turdagi ma’lumot va hujjatlarni aholi va tadbirkorlik sub’ektlaridan talab qilish bekor qilinganiga qaramay 3 256 ta holatda hujjatlar aholidan talab qilingan.
O‘rganish yakunida aholidan ortiqcha hujjatlarni talab qilgan 9 ta vazirlik va idoralarning rahbar xodimlari MJtK 2155-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortildi:
– Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;
– Innovatsion rivojlanish vazirligi;
– Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;
– Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
– Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi;
– Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi;
– Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi;
– Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi;
– Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi.
Aniqlangan qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida vazirlik va idoralarga 21 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida davlat organlari va tashkilotlarining 38 nafar mas’ul xodimlariga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.
O‘zbekistonda byurokratiyaga yo‘l qo‘ygan 38 nafar amaldorga intizomiy chora ko‘rildi
Aholini ortiqcha ovora qilgan 9 ta vazirlik va idoralarning rahbar xodimlari ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Samarqandda «IMKON» markazi ochildi
- FIFA U-20 Jahon chempionati sanalari eʼlon qildi
- FarDU voleybolchilari Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekiston Prezidenti va YXHT Parlament assambleyasi raisi hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilab oldilar
- Logistika – dunyoga ochilish yoʻli
- Oʻzbekistonda 4,63 million tonna paxta yigʻib olindi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Oʻzbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti filiali tashkil etiladi.
- Terma jamoamiz FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi