Unga ko‘ra:
texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, milliy qurilish normalari, smeta-resurs normalari, standartlarni ishlab chiqish, qayta ishlash va ularga o‘zgartirish kiritish qiymatini hisoblash mexanizmlari belgilandi;
mazkur hujjatlarning qiymati ularning turi, murakkablik darajasi, hajmi hamda zarur hollarda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari hisobga olingan holda yagona formula asosida aniqlanadi;
hujjatlar yangi ishlab chiqish, qayta ishlash yoki o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shaklida tayyorlanadi;
qiymatni aniqlashda standart sahifa (A4 formatdagi (210×297 mm) sahifada bitta bo‘sh joy (probel) va tinish belgilarini hisobga olmagan holda 1800 ta belgidan kam bo‘lmagan hajmdagi matn), formula, jadval va chizmalarning hajmi inobatga olinadi.