Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, «Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining uçinçi bosqiçi doirasida IIV Tezkor-qidiruv departamenti xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.

1988-yilda Surxondaryo viloyatida tuğilgan soliq boşqarmasi xodimi Toşkent viloyatining Nurafşon şahrida joylaşgan xususiy korxonaga tegişli, qurilişi tugallanmagan sexni yuridik şaxsdan xaridor nomiga ötkazişni vaʼda qilgan.

Şuningdek, mazkur hududda quriliş işlarini amalga oşiriş uçun 34 ta davlat idorasidan tegişli ruxsatnomalarni olib berişini bildirgan.

Tezkor tadbir davomida u Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida xaridor bilan uçraşib, oldindan 40 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi törtinçi qismi «a» bandi hamda 28-moddasi orqali 211-moddasi uçinçi qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.