“Gambiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alkali Fanka Kontex janoblaridan ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston Afrika davlatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirishga alohida ahamiyat qaratmoqda. Bu borada Gambiya bilan hali to‘liq foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratdik.

Elchi janoblarining yurtimizdagi faoliyati ikki tomonlama munosabatlarni aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilishiga ishonamiz”.

Eslatib o‘tamiz, Alkali Fanka Kontex Gambiyaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi bo‘lib, mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar 2024-yil 14-martda o‘rnatilgan.