BAA vakillari bilan suhbat çoğida Özbekistonda akademiya filialini taşkil etiş, xalqaro kruiz industriyasi va mehmonxona biznesi uçun malakali kadrlar tayyorlaş hamda ularni xorijda iş bilan taʼminlaş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Muzokaralar davomida özbekistonlik yoşlarni yurtimizda xalqaro standartlar asosida kasbga öqitiş, xorijda amaliy tayyorgarlikdan ötkaziş hamda nufuzli kruiz kemalari va mehmonxonalarda munosib iş örinlariga jalb etiş borasida fikr almaşildi.

Mazkur taşabbus yoşlarimiz uçun xalqaro mehnat bozorida yangi imkoniyatlar yaratiş, zamonaviy kasblarni egallaş va xalqaro tajriba orttirişda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, mamlakatimiz turizm va mehmonxona xizmatlari sohasini malakali mutaxassislar bilan taʼminlaşga xizmat qiladi.

Şuningdek, tomonlar hamkorlikning qöşimça yönalişi sifatida özbekistonlik IT mutaxassislarini işga jalb etiş imkoniyatlariga ham töxtalib ötdi.

Uçraşuv yakunida iştirokçilar muhokama qilingan taşabbuslarni amalga oşiriş maqsadida hamkorlik töğrisidagi memorandumni imzolaşga kelişib oldi.

“QE2 Hospitality Academy” Dubaydagi maşhur “Queen Elizabeth 2” kemasi bortida faoliyat yurituvçi kasbiy taʼlim muassasasi bölib, xalqaro kruiz kemalari, mehmonxonalar va restoranlar uçun malakali kadrlar tayyorlaşga ixtisoslaşgan. Akademiyada tinglovçilar oşpazlik, mehmonlarni qabul qiliş va ularga xizmat körsatiş böyiça nazariy bilim va amaliy könikmalarni egallaydi.