Maʼlum qilinishicha, mahalla fuqarolar yigʻini raisi va 1970 yilda tugʻilgan fuqaro davlat zaxirasiga qarashli 10 sotix yer maydonini xaridorga 20 ming AQSH dollariga sotishga kelishgan. Shuningdek, ular Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali muhandisi orqali 2–3 ming dollar evaziga yer hujjatlarini rasmiylashtirib berishni rejalashtirgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda mahalla raisi, kadastr muhandisi va mazkur fuqaro 17 ming AQSH dollari hamda 37 million soʻmni olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.