Mazkur imkoniyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-son qaroriga muvofiq joriy etilgan boʻlib, davlat tomonidan ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi qoplab beriladi.

Subsidya olish uchun quyidagi mezonlarga mos kelish lozim:

  • Ish staji: Kamida 15 yil pedagogik faoliyat yuritgan boʻlishi;
  • Malaka: Oliy malaka toifasi yoki bosh oʻqituvchi lavozimiga ega boʻlishi;
  • Uy-joy: Oʻz nomida (shu jumladan, turmush oʻrtogʻi bilan birga) 2 tadan ortiq uy-joyi mavjud boʻlmasligi;
  • Kredit tarixi: Tijorat banklari talablariga mos, ijobiy kredit tarixiga ega boʻlishi.

Ariza topshirish my.gov.uz portali, MyGov mobil ilovasi yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.