Bu
haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Film
O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi ko‘magida Xitoy xalqaro kommunikatsiyalar
guruhi (CICG)ning “Dolphin Books” nashriyoti bilan hamkorlikda yaratildi.
Premyerada
CICG, Xitoy energetika muhandislik korporatsiyasi (CEEC), O‘zbekiston Milliy media
assotsiatsiyasi, O‘zbekiston elchixonasi va ommaviy axborot vositalari vakillari
ishtirok etdi.
Uchrashuvda
O‘zbekiston va Xitoy qadimdan Ipak yo‘lidagi muhim sheriklar ekani, o‘zaro
munosabatlarni yanada rivojlantirishda yoshlar muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.
Ikki
tomonlama munosabatlarni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalarining roliga
alohida e’tibor qaratildi. Film premyerasi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi
do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklikning yana bir dalili sifatida
baholandi.
Hujjatli
filmda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yoshlar hikoyalari orqali yoritilgan.
Shu bilan birga, filmda yoshlarning
kundalik hayoti, sheriklikdagi mehnati va o‘z maqsadlarini amalga oshirishga
intilishlari ko‘rsatilgan.
“Ipak
yo‘li yoshlari: O‘zbekiston” hujjatli filmi ikki qismdan iborat. “NURga yo‘l” deb
nomlangan birinchi qism Xitoy energetika muhandislik korporatsiyasining
O‘zbekistondagi yangi loyihalari, xitoylik yosh muhandislar va CEECning
o‘zbekistonlik xodimlari faoliyatiga bag‘ishlangan.
“Orzular
qaytadigan joy” nomli ikkinchi qismda Xitoyda tahsil olayotgan va tadbirkorlik
faoliyatini boshlayotgan o‘zbekistonlik talabalar, ularning o‘z reja va orzularini
amalga oshirishga bo‘lgan intilishlari haqida hikoya qilinadi.
Shuningdek,
filmda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy almashinuv, savdo-iqtisodiy va
sarmoyaviy hamkorlikka alohida e’tibor qaratilgan.
Rasmiy
premyeradan so‘ng hujjatli film O‘zbekiston va Xitoy telekanallari hamda
ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilishi ma’lum qilindi.