Halok bo‘lgan bolalarning eng kichigi besh yoshda, eng kattasi esa 16 yoshda edi.

Ary News ma’lumotlariga ko‘ra, qulash paytida markazda taxminan 35 bola bo‘lgan. 20 nafar bola va bir nafar o‘qituvchi allaqachon vayronalar ostidan chiqarildi.

O‘n ikki nafar bola shifoxonaga yotqizildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Faruq Ahmadning so‘zlariga ko‘ra, ularning ahvoli og‘ir.

Politsiya ta’lim markazi egalari bo‘lgan ikki aka-ukani hibsga oldi. Beparvolik ishi bo‘yicha besh kishi hibsga olindi va uning yana bir egasini qidirish ishlari davom etmoqda, deb xabar berdi rbc.ru.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir qavatli binoning tomida olib borilgan qurilish ishlari qulashga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Tuproq va boshqa materiallar inshootga yuklamani oshirgan.