— Joylardagi tuman, shahar hokimlari, sektorlar rahbarlarining dunyoqarashi oʻzgarmayapti. Yoshlar masalasi qanday muhim ekanini tushunmayapti. Yoshlarimizga yordam berib, yelkadosh boʻlishni xohlamayapti. Nega ayni shu mavzuda yil davomida 2 ta selektor oʻtkazdim? Chunki, men ishlarning borishidan mutlaqo noroziman. Joylarda saviya yoʻq. Yoshlar bizdan 10-20-martalab ilgarilab ketgan. Hozirgi zamonga munosib ish qilolmayapmiz. Birorta tashabbus yoʻq. Koʻp viloyatlar hokimlari bu (yoshlar bilan ishlash) paxta ekish, gʻalla ekishdek deb oʻylayapti.
Prezident ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sust ishlanayotganini tanqid qildi.
“1+1” dasturi doirasida 100 ming nafar yoshlarni oʻqitib, keyin ularga imtiyozli kredit ajratish topshirigʻi berilgan, biroq 3 oyda faqat 21 ming yosh oʻqitilgan.
Yigʻilish davomida ayrim rahbarlarga qatʼiy ogohlantirish berildi.
Yoshlar bilan ishlashni munosib tashkil qilmagani uchun Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Begimqulov, Furqat tumani hokimi Soliyev va Ulugʻnor tumani hokimi Maxsudov, Shofirkon va Qamashi tumanlari prokurorlari, Xiva va Chust tumanlari ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari esa yoshlar jinoyatchiligining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrmagani, Xoʻjayli va Angor tumani soliq idoralari rahbarlari esa yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygani uchun lavozimidan ozod etiladi, dedi davlat rahbari.
Prezident ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sust ishlanayotganini tanqid qildi
Ayni vaqtda Prezident ishtirokida yoshlarning bandligi va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha videoselektor oʻtkazilmoqda.
Dam olish kunlari havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi
- Adliya vazirligi tomonidan “Chust oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
- Yuqori qoʻshilgan qiymat zanjiriga tayangan sanoat yoxud iqtisodiy oʻsish drayveri tahlili
- Quyosh, shamol, suv: Oʻzbekiston “yashil” energetika inqilobini amalga oshirmoqda
- Oʻzaro manfaatli aloqalar: adolatli yoʻlaklar, raqamli ishonch va resurs xavfsizligi
- Bu yilgi Jahon chempionatida rekord darajadagi 40 yoshdan oshgan futbolchilar ishtirok etadi
Olimlar oltinning nima uchun rangsizlanmasligini aniqlashdi
- Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
- O‘zbekistonda 26-maydan maktab o‘quvchilarini bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish vaqtincha to‘xtatiladi
- O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2026 uchun tarkibi e’lon qilindi
- Prezidentimiz milliy terma jamoani jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi
- Prezidentimiz maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi