— Joylardagi tuman, shahar hokimlari, sektorlar rahbarlarining dunyoqarashi oʻzgarmayapti. Yoshlar masalasi qanday muhim ekanini tushunmayapti. Yoshlarimizga yordam berib, yelkadosh boʻlishni xohlamayapti. Nega ayni shu mavzuda yil davomida 2 ta selektor oʻtkazdim? Chunki, men ishlarning borishidan mutlaqo noroziman. Joylarda saviya yoʻq. Yoshlar bizdan 10-20-martalab ilgarilab ketgan. Hozirgi zamonga munosib ish qilolmayapmiz. Birorta tashabbus yoʻq. Koʻp viloyatlar hokimlari bu (yoshlar bilan ishlash) paxta ekish, gʻalla ekishdek deb oʻylayapti.
Prezident ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sust ishlanayotganini tanqid qildi.
“1+1” dasturi doirasida 100 ming nafar yoshlarni oʻqitib, keyin ularga imtiyozli kredit ajratish topshirigʻi berilgan, biroq 3 oyda faqat 21 ming yosh oʻqitilgan.
Yigʻilish davomida ayrim rahbarlarga qatʼiy ogohlantirish berildi.
Yoshlar bilan ishlashni munosib tashkil qilmagani uchun Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Begimqulov, Furqat tumani hokimi Soliyev va Ulugʻnor tumani hokimi Maxsudov, Shofirkon va Qamashi tumanlari prokurorlari, Xiva va Chust tumanlari ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari esa yoshlar jinoyatchiligining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrmagani, Xoʻjayli va Angor tumani soliq idoralari rahbarlari esa yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygani uchun lavozimidan ozod etiladi, dedi davlat rahbari.
Prezident ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha sust ishlanayotganini tanqid qildi
Ayni vaqtda Prezident ishtirokida yoshlarning bandligi va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha videoselektor oʻtkazilmoqda.
Oʻzbekiston Prezidenti Tojikiston Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi
- O‘zbekistonda 9 oktabrgacha iliq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi
- Hindistonda qoplon uylardan biriga kirib, olti kishiga hujum qildi
- «Navoiyuran» DK ISO 37001:2025 xalqaro standarti sertifikatiga ega boʻldi
- Qashqadaryo viloyatida soliq to‘lovchilarni pulini talon-toroj qilgan soliqchilar fosh etildi
- Surxondaryoda yirik narkotik kontrabandasi fosh etildi: 52 kilogrammdan ziyod giyohvandlik vositalari ushlandi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi