Bu yilgi bellashuvlarda yurtimizning turli hududlaridan kelgan 3,5 mingdan ziyod yosh olimpiya va paralimpiya yoʻnalishidagi 26 ta sport turi boʻyicha kuch sinashadi. Ularga 1,5 ming murabbiy hamrohlik qilmoqda.

– Har biringiz bu maydonga oʻz orzuingiz, oʻz maqsadingiz, eng asosiysi, gʻalabaga boʻlgan katta ishonchingiz bilan kelgansiz,

– dedi Prezidentimiz sportchi oʻgʻil-qizlarga murojaat qilib.

Bugun bellashayotgan yoshlar orasidan ertaga dunyoni hayratga soladigan chempionlar va rekordchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirildi.