Yangi O‘zbekiston yoshlari o‘rtasida o‘zining tirishqoqligi, bilim va malakasi, mehnatsevarlik va vatanparvarlik fazilatlari bilan o‘rnak bo‘lib, mamlakatimizda metallurgiya sohasini jadal rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, sanoatda xotin-qizlar ishtirokini kengaytirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgani, shuningdek, kitobxonlik umummilliy harakatida faol ishtirok etayotgani, adabiyot sohasidagi ijod namunalari bilan jamiyatimizning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, ezgulik va insoniylikni targ‘ib qilishda alohida jonbozlik ko‘rsatayotgani uchun “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining quyuv-prokatlash majmuasi mutaxassisi Primkulova Dilnoza Farxod qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev