Tadbir davomida fuqaro shartli xaridorga 1 400 000 so‘m evaziga 2 dona gugurt qutisiga joylangan, umumiy og‘irligi 5,6 gramm bo‘lgan marixuanna giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaroning ko‘rsatmasiga asosan Koson tumanida yashovchi boshqa bir fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu xonadonda umumiy og‘irligi 432 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Yana bir holatda Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, xonadon tomorqasida 11 tup kannabis giyohvandlik o‘simligi yetishtirilayotgani aniqlandi.

Bundan tashqari, Kitob tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Mingchinor” YPX maskanida to‘xtatilgan avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaroning yonidan sof og‘irligi 3,8 gramm bo‘lgan gashish giyohvandlik moddasi aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda yuqoridagi barcha holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.