Maʼlum qilinishicha, 1972 va 1976 yillarda tugʻilgan ikki nafar qoʻshni davlat fuqarosi 2 kilogramm 18 gramm sof ogʻirlikdagi opiy moddasini noqonuniy yoʻllar bilan Oʻzbekiston hududiga olib kirgan.

Ular giyohvandlik moddasini Toshkent viloyatida shartli xaridorga 20 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtda ashyoiy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.