“Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan oʻtkazayapman”, - dedi davlatimiz rahbari.
Yuzaga kelgan vaziyat sohalar hamda hudud rahbarlarining bugungi kungacha qanday ishlaganini yaqqol koʻrsatib qoʻygani taʼkidlandi. Ayniqsa, Toshkent shahrining barcha darajadagi rahbarlari bugungi holatga tayyor emasligi keskin tanqid qilindi.
Poytaxtning Bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani natijasida ruxsatsiz qurilgan obyektlar soni 250 dan oshib ketgani, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama boʻyicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, bozorlarda oziq-ovqat muzlab qolmasligi uchun, narx-navo oshib ketmasligi uchun chora koʻrilmayotgani uchun poytaxt mutasaddilariga qatʼiy eʼtiroz bildirildi.
Shu bois, vaziyatga oldindan baho berib, qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik koʻrmagani uchun bugun Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxoʻjayev lavozimidan ozod etildi.
Yunusobod, Mirzo Ulugʻbek, Uchtepa tumanlari hokimlari ham lavozimidan ozod etilib, hokim vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tushirildi. DXX va Bosh prokuraturaga ularning faoliyatini oʻrganish topshirildi.
"Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati raisi F.Abduraxmonov lavozimidan ozod etildi.
Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B.Raxmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Bosh prokuror oʻrinbosari E.Yuldashev shahar prokurori etib tayinlandi.
Qishga lozim darajada tayyorgarlik koʻrmagani uchun ayrim rahbarlar lavozimidan ozod etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qish mavsumida aholini energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boshlandi.
Quyosh panellari o‘rnatganlarga 330,8 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berilgan
- Kegeyli tumanida 741 mln so‘mlik suyultirilgan gaz balonlari talon-toroj qilish holati fosh etildi
- Nukus shahrida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi
- Miroboddagi bolalar maydonchasi o‘rnidagi noqonuniy qurilish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- Zamonaviy muhandis bilim, tajriba va tafakkur egasi
- O‘zbekistonda 6 oyda transport xizmatlari hajmi 104,2 trln so‘mga yetdi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi