U raisning yaylovlardan samarali foydalanishni tashkil etish, chorva ozuqa bazasini mustahkamlash va chorvachilikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi.
F.Nurmuhammadov bundan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida mas’uliyatli lavozimlarda, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha kotibiyati boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.