2026 yil 22 avgust kuni soat 06:47 da Qizilo‘rda viloyati Birg‘azon tumanidagi KAZ06 davlat ahamiyatidagi «Qorabutak — Qizilo‘rda — Chimkent» avtomobil yo‘lining 1831–1836-kilometrlarida «Nexia-2» va «Kamaz» rusumli avtomobillar to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida «Nexia-2» avtomobili salonida bo‘lgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi voqea joyida vafot etgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzib, halok bo‘lganlarning jasadlarini Vatanga olib kelish va ularning oila a’zolariga zarur yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmoqda.
Ayni paytda vazirlik mas’ul xodimlari Qozogistonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib, YTH sabablariini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda.