Qömita raisi, Ekopolitsiya boşliği Aziz Abduhakimov raisligida ötkazilgan yiğilişda ayrim örmon xöjaliklarida «Yaşil makon» umummilliy loyihasi va örmonzorlar barpo etiş böyiça belgilangan vazifalar töliq bajarilmagani tanqid qilindi.

Xususan, köçatlar rejadagidan kam ekilgani, suğoriş tizimi bilan taʼminlanmagani va parvariş işlari yetarli darajada olib borilmagani oqibatida ayrim nihollar qurib qolgani qayd etildi.

Şuningdek, suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş, terrasa usulida köçat ekiş, himoya örmonzorlari yaratiş va dorivor ösimliklar plantatsiyalarini taşkil etiş böyiça topşiriqlar ham töliq bajarilmagan.

Ayrim xöjaliklarda örmon fondi yerlaridan samarali foydalaniş, ijara munosabatlarini tartibga soliş, sanoatbop örmonzorlar barpo etiş, yaylovlarni tiklaş va örmonlarning tabiiy tiklanişiga kömaklaşiş işlarida ham kamçiliklar aniqlangan.

Yiğilişda sohadagi muammolarni bartaraf etiş zarurligi taʼkidlanib, yil yakuniga qadar bajarilişi lozim bölgan vazifalar belgilab berildi.

Aniqlangan kamçiliklar yuzasidan 20 ga yaqin örmon xöjaligi masʼullariga nisbatan qatʼiy jazo çoralari qöllanildi.