TASS axborot agentligi bilan bilan suhbatda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining shtatsiz shifokorlaridan biri Olga Tkachyova shunday fikrni bildirdi. U buni insoniyat umri davomiyligi uzayganligi bilan izohladi, deb xabar beradi lenta.ru.

“Umuman olganda, inson umri davomiyligi uzayib borayapti, yosh chegaralari siljiyapti. Odamlar yoshiga nisbatan sekin qariyapti “ – deydi vrach-geriatr Tkacheva. Shifokor bularni insonlar uzoq davr faol faol bo‘lib yura olishi hamda ko‘rinishi ham yaxshi saqlanib qolishini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari umr ko‘rish davomiyligi oshishi sababli yangi kasbni o‘zlashtirish, o‘qib-o‘rganish va karyera qilish imkoniyatlari mavjud. Izoh o‘rnida aytib o‘tish joizki, geriatr – bu, keksa, qariya kishilar xastaliklarni tashxislash va rivojlanishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radigan shifokor mutaxassis sanaladi.

Hozirda Rossiyada 14 dan 35 yoshgacha bo‘lganlar yoshlar sanaladi.