Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, yuzdan ortiq kompaniya vakillari ishtirokida investitsiya kiritish, biznesni rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilingan.
«Mazkur Kengashning tashkil etilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklik istiqbollariga keng yo‘l ochmoqda. Bu yuksak ishonch uchun Prezidentimizga samimiy minnatdorlik bildiraman», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
U shuningdek, tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani, O‘zbekistonga e’tibor qaratayotgani va hamkorlikni kengaytirishga tayyorligi uchun Marko Rubio, uning rafiqasi Janett xonim hamda Serjio Gorga alohida minnatdorlik bildirgan.
Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, endi asosiy vazifa erishilgan kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga — investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish o‘rinlariga aylantirishdan iborat.
«AQSh bilan hamkorlikni rivojlantirishdan ko‘zlagan maqsadimiz ham shu», — deya ta’kidlagan Prezident administratsiyasi rahbari.