"Biz doimiy ravishda mana shunday ochiq formatda ish olib boramiz: ustuvor vazifalarni belgilaymiz, dolzarb masalalarni tahlil qilamiz, turli yechimlarni o‘rtaga tashlab, ular orasidan eng samaralilarini tanlab olamiz.

Har bir mavzuning butun jamoa ishtirokida muhokama qilinishi vaziyatni kengroq baholash, yangi imkoniyatlarni ko‘ra olish hamda eng maqbul yondashuvlarni topishga xizmat qiladi.

Yakunda aniq vazifalarni belgilab, Davlatimiz rahbariga taqdim etiladigan asosli takliflarni jamlaymiz", dedi Saida Mirziyoyeva.