Tadbirda Gruziyaning 10 dan ortiq yetakchi turizm kompaniyalari vakillari ishtirok etib, O‘zbekiston turizm biznesi vakillari bilan ishbilarmonlik muzokaralarini o‘tkazadi.

Forum doirasida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashadi, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini, yangi turistik mahsulotlarni ishlab chiqish, o‘zaro sayyohlar oqimini oshirish hamda ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Gruziya turizm biznesi vakillari o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda turizm sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish imkoniyatlarini izlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Birinchi O‘zbekiston–Gruziya biznes-forumining o‘tkazilishi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, turizm biznesini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi turistik almashinuvlarni oshirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston turizm sohasi vakillari mazkur tadbirda ishtirok etish uchun taklif etiladi.