Maʼlum qilinishicha, tuman hokimligi va IIO FMB xodimlari 3 sentyabr kuni tungi vaqtda ayol va uning uch nafar farzandini ko‘chada aniqlagan.
Ularga issiq ovqat va kiyim-kechak berildi. Shuningdek, ayol va bolalar shifokor ko‘rigidan o‘tkazildi.
Ayol Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Birlik” mahallasida yashashi aniqlangan.
Hozirda ayol va uning farzandlarini doimiy yashash manziliga olib borib qo‘yish choralar ko‘rilmoqda.