Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat sababli turkmanistonlik shaxmatchilar Toshkentga yetib kelisholmadi.
Eslatib o‘tamiz, umumiy sovrin jamg‘armasi 3 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada dastlabki ikkita o‘rinni egallagan shaxmatchilar Jahon kubogida qatnashish huquqini qo‘lga kiritishadi.
Kecha bo‘lib o‘tgan 5-tur o‘yinlari hamyurtlarimizga omadli chiqdi. Jumladan, musobaqada reytingi eng yuqori bo‘lgan shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov garchi qora donalarda o‘ynagan bo‘lishiga qaramay qozog‘istonlik Jondos Agmanov ustidan g‘alaba qozondi va o‘z ochkolari sonini 4taga yetkazib oldi.
Ikki hamyurtimiz – Jahongir va Shamsiddin Vohidovlar qarama-qarshiligida esa kuchlar teng keldi: 0,5-0,5.
Musobaqaning ikkinchi tartib raqamli ishtirokchisi Nodirbek Yoqubboyev ham 5-turda g‘alaba nashidasini surdi. U oq donalarda yana bir qozog‘istonlik shaxmatchi, grossmeyster Murtaz Kazgaleyevni mag‘lub etdi.
5-tur o‘yinlaridan keyin Shamsiddin Vohidov 4,5 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib oldi. Biryo‘la uch nafar shaxmatchimiz – Jahongir Vohidov, Nodirbek Yoqubboyev hamda Nodirbek Abdusattorovlar esa bir xil – 4 ochkodan jamg‘arishgan.
Shaxmat: Markaziy Osiyo chempionatida hozircha hamyurtlarimiz peshqadam
Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida aql gimnastikasi bo‘lmish shaxmat bo‘yicha FIDE 3,4 zonasi Markaziy Osiyo chempionati bahslari qizg‘in davom etmoqda. Unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va mamlakatimizdan jami 34 nafar eng mahoratli shaxmatchilar g‘oliblik uchun dona surishyapti.
Giyohvandlikka qarshi kurashish va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari koʻrib chiqildi
- AQShdan deportatsiya qilingan vatandoshlar navbatdagi charter reys orqali Toshkentga keldi
- Onkologiya xizmati va palliativ yordam tizimi takomillashtiriladi
- Urganchdan Olmaota shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
- Shveysariya aholi sonini qisqartirish borasida referendumga tayyorlanmoqda
- Baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish choralari muhokama qilindi
Olimlar oltinning nima uchun rangsizlanmasligini aniqlashdi
- Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
- O‘zbekistonda 26-maydan maktab o‘quvchilarini bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish vaqtincha to‘xtatiladi
- O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2026 uchun tarkibi e’lon qilindi
- Prezidentimiz milliy terma jamoani jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi
- Prezidentimiz maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi