16-mavsumdagi nufuzli musobaqada jahonning 10 nafar kuçli şaxmatçisi ğoliblik uçun bahs olib boradi.
Ular quyidagilar:
- Nodirbek Abdusattorov — Özbekiston (2772);
- Nihal Sarin — Hindiston (2720);
- Levon Aronyan — AQŞ (2719);
- Endi Vudvord — AQŞ (2635);
- Vasiliy Ivançuk — Ukraina (2635);
- Gavayn Jons — Angliya (2630);
- Igor Samunenkov — Ukraina (2610);
- Lyuk Makşeyn — Angliya (2606);
- Maykl Adams — Angliya (2597);
- Şreyas Royal — Angliya (2537).
Masters guruhidagi bahslar klassik şaxmat nazorati asosida davra tizimida ötkaziladi. Har bir şaxmatçi jami 9 ta partiya öynaydi.
Musobaqada vaqt nazorati quyidagiça belgilangan: dastlabki 40 yuriş uçun 90 daqiqa, keyingi bosqiç uçun 30 daqiqa ajratiladi. Har bir yuriş uçun birinçi yurişdan boşlab 30 soniyadan qöşimça vaqt beriladi.
Birinçi tur 25-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 21:00 da boşlanadi.
Musobaqaning Masters guruhi uçun umumiy mukofot jamğarmasi 131 ming AQŞ dollarini taşkil etadi. Turnir ğolibi 65,5 ming dollar mukofot oladi.
Şuningdek, 5–6-dekabr kunlari London Chess Classic doirasida Super Rapid musobaqasi ham ötkaziladi. Unda norvegiyalik jahon şaxmatining yetakçi vakillaridan biri Magnus Karlsen ham iştirok etadi.
Maʼlumot uçun, Nodirbek Abdusattorov 2025-yilgi London Chess Classic Masters turnirida 9 imkoniyatdan 7,5 oçko jamğarib, musobaqa ğolibi bölgan edi.