Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida «Tinçlik va insoniyatning xavfsizligiga qarşi ayrim toifadagi jinoyatlar uçun javobgarlik takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga özgartirişlar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi ikkinçi öqişda qabul qilindi.

Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining 154¹-moddasiga özgartirişlar kiritiş nazarda tutilmoqda.

Unga köra, Özbekiston fuqarolarining çet davlatlarning harbiy xizmati, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga kirişi, şuningdek, uşbu organlarga xizmatga yollanişi bilan boğliq qilmişlar uçun jinoiy javobgarlik normalari takomillaştirilmoqda.

Bundan taşqari, xorijiy davlatlar hududidagi qurolli töqnaşuvlarda iştirok etiş bilan boğliq jinoiy qilmişlar uçun javobgarlik normalarini aniqlaştiriş taklif etilmoqda.

Qonun loyihasining asosiy maqsadi fuqarolarning xorijdagi qurolli mojarolarga jalb etilişining oldini oliş, milliy xavfsizlikni taʼminlaş hamda tinçlik va insoniyat xavfsizligiga qarşi jinoyatlarga qarşi kuraşişning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlaşdan iborat.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinçi öqişda qabul qilindi.