O‘zenergoinspeksiya tomonidan Qashqadaryo viloyatidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida G‘uzor tumanida joylashgan “Sh. G. K. M.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida Ai-92 markali avtobenzin laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida realizatsiya qilingan 2 526 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida (10,6 mln so‘m) jarima qo‘llanildi.
Ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.