O‘zenergoinspeksiya tomonidan Qashqadaryo viloyatidan
o‘tkazilgan nazorat tadbirida G‘uzor tumanida joylashgan “Sh. G. K. M.” MChJga
qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida Ai-92 markali avtobenzin
laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos
kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu
qoidabuzarlik natijasida realizatsiya qilingan 2 526 litr avtobenzin
qiymatining 50 foizi miqdorida (10,6 mln so‘m) jarima qo‘llanildi.
Ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz
neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi
bo‘yicha ko‘rsatma berildi.