Shunga koʻra 3 ta qutqaruv boʻlinmasi zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan va yongʻin soat 13:00 da oʻchirilgan. 

Dastlabki maʼlumotga koʻra, 3 ta doʻkonning taxminan 80 kv.m. maydoni yonib zararlangan. 

Yongʻindan tan jarohati olganlar yoʻq.

Hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda.

Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati, masʼul xodimlari va hamkorlikdagi xizmatlar masʼullari chiqqan.