Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, sport nafaqat musobaqalar majmui, balki soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, intizom va vatanparvarlik tuyğularini şakllantiriş, şuningdek, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirişga xizmat qiluvçi muhim ijtimoiy kuçdir.
Sönggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantiriş, aholini, ayniqsa, yoşlarni ommaviy va professional sportga keng jalb etiş, iqtidorli sportçilarni aniqlaş va ular uçun zarur şaroitlarni yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Şu bilan birga, sport maktablarida maşğulotlar jarayonini yanada kuçaytiriş, razryad va unvonli sportçilar salmoğini hamda trenerlar malakasini oşiriş, sport infratuzilmasini yaxşilaş, sohani raqamlaştiriş bilan boğliq masalalar tizimli hal etilmoqda.
Xususan, sönggi beş yilda Prezidentimizning sport sohasiga oid 130 dan ortiq farmon va qarori hamda hukumat qarorlari qabul qilinib, sohani rivojlantiriş böyiça bir neçta yönalişda tegişli işlar bajarilmoqda. Ommaviy sportni rivojlantiriş, sport taʼlimi tizimini takomillaştiriş, sport infratuzilmasini, olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantiriş hamda sport sohasini raqamlaştiriş böyiça qator tadbirlar taşkil etilmoqda.
Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunçilik hujjatlari ijrosini samarali taşkil etişda davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining şaxsiy javobgarligini kuçaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi va 2025-yil 25-iyuldagi “Davlat organlari va taşkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi farmonlari hamda 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat körsatişini taʼminlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori barça davlat organlari va taşkilotlarning iş samaradorligini taʼminlaş, şu tariqa qatʼiy intizom örnatişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mazkur hujjatlar topşiriqlar ijrosini samarali taşkil etiş va tahlil qilişning taʼsirçan tizimini yaratiş, mamlakatimizdagi tarmoq va hududiy rivojlaniş dasturlarida belgilangan vazifalarni sözsiz taʼminlaş böyiça Vazirlar Mahkamasi, respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining şaxsiy javobgarligini kuçaytirişga qaratilgan.
Bugun vazirligimiz tizimida ijro intizomini mustahkamlaş böyiça qator işlar bajarilmoqda. Xususan, qonunçilik hujjatlari ijrosini samarali taşkil etiş maqsadida “Ijro.gov.uz” elektron tizimidagi topşiriqlarni amalga oşiriş mexanizmlarini muhokama etiş yuzasidan har hafta muhokamalar ötkazib kelinmoqda.
Jumladan, ijro intizomi masalasini har hafta juma kuni — vazir örinbosarlari huzurida, duşanba kuni — vazir huzurida tizimli ravişda muhokama qilib boriş amaliyoti yölga qöyilgan.
Ijro intizomini yanada mustahkamlaş va 2026-yildagi ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlaş böyiça topşiriqlar tasdiqlangan kalendar grafiklar asosida kunbay tahlil qilinmoqda. Bunda yöl qöyilgan kamçiliklar, ularning sabablari aniqlanib, bartaraf etiş çoralari belgilanmoqda.
Mamlakatimizda sönggi yillarda qabul qilinayotgan qonun va qonunosti hujjatlaridan asosiy maqsad davlat boşqaruvini tartibga soliş, qabul qilinayotgan hujjatlarning sözsiz va öz muddatida ijrosini taʼminlaşga yönaltirilgani bilan ahamiyatli.
Qonunçilik hujjatlarining öz vaqtida bajarilmasligi taraqqiyotimizga, xalqimizning ertangi kunga işonçiga putur yetkazişini barçamiz yaxşi bilamiz, albatta. Şunday ekan, ijro intizomini taʼminlaş bugun barça vazirlik, idoralar hamda hokimliklar uçun ğoyat muhim maqsad va vazifadir.
Avvalo, davlatimiz rahbari imzolayotgan farmonlar, qabul qilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar mamlakat taraqqiyoti, xalq manfaati va fuqarolar farovonligini taʼminlaşga qaratilganini alohida eʼtirof etiş joiz.
Prezidentimiz taşabbusi bilan sönggi yillarda sport yönalişida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Sohada Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Administratsiya rahbari va hukumat tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi böyiça nazoratni kuçaytiriş, masʼuliyat va javobgarlik hissini oşiriş, ayniqsa, rahbarlarning şaxsiy javobgarligini oşirişga asosiy eʼtibor qaratilmoqda.
Şundan kelib çiqib, vazirlik markaziy apparatida topşiriqlarni bajariş böyiça KPI tizimi işlab çiqilgan bölib, unda xodimlar öziga yuklatilgan vazifalarning natijadorligi asosida rağbatlantirib boriladi. Hozir uşbu tizimni yanada takomillaştirib, hududiy tuzilmalar va tizim taşkilotlariga joriy qiliş böyiça taşkiliy işlar bajarilmoqda.
Sönggi yillarda davlat va jamiyat boşqaruvidagi samarali islohotlar, zamonaviy boşqaruv uslublarining keng kölamda tatbiq etilişi, nazorat va ijroni yuritiş şakllari takomillaşgani kabi qator işlar hamda davlat boşqaruvi tizimidagi turli böğin rahbarlari şaxsiy javobgarligini oşiriş böyiça körilgan qatʼiy çora-tadbirlar yoşlar va sport sohasidagi muhim vazifalarni bajariş imkonini berayotgani yaqqol körinmoqda.
Qonunçilik hujjatlari va topşiriqlarni puxta işlab çiqiş hamda qabul qilişning taʼsirçan amaliyotini şakllantiriş, ularni aniq ijroçilar, keng jamoatçilik, şuningdek, aholiga tezkor yetkaziş, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarni çuqurlaştiriş, joriy, örta muddatli va istiqboldagi vazifalarni samarali amalga oşiriş yuzasidan şoşilinç, tezkor çoralar köriş böyiça amaliy harakatlar aniq belgilab berilmoqda.
Bugun vazifalarni öz vaqtida bajarişning samarali usuli zamonaviy texnologiyalarni joriy qilişdir. Elektron muhitda hujjatlar almaşinuvini yanada faollaştiriş orqali ortiqça qoğoz, vaqt va boşqa isrofgarliklarning oldi olinadi. Şu bilan birga, uşbu jihat belgilangan vazifalar ijrosini öz vaqtida taʼminlaş, yaʼni muammoni öz vaqtida hal etişga zamin yaratadi.
Sport sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning öz vaqtida va sifatli bajarilişi natijasida aholining ommaviy sport bilan qamrovi 15 millionga yetdi. Şuningdek, sport bilan doimiy şuğullanuvçilar soni sönggi yillarda qariyb 1,5 barobar köpaydi.
Joriy yilda 400 dan ortiq sport maydonçasi qurilib, foydalanişga topşirildi. 2026-yil yakuniga qadar 7-30 yoşli yurtdoşlarimizni ommaviy sport tadbirlariga qamrab oliş darajasini 50 foizga yetkaziş uçun umumtaʼlim maktablari, oliy va kasbiy taʼlim tizimi öquvçi va talabalari bilan tizimli işlar taşkil etilmoqda.
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazlari faoliyati yangidan yölga qöyilib, sportçilarni individual hamda ilk bor paralimpiya yönalişida sportçilarni tayyorlaş tizimi yaratildi.
Milliy terma jamoalar aʼzolari 2025-yildagi qariyb 6500 dan 8069 nafarga (5130 nafari asosiy va 2939 nafari zaxira) yetkazildi.
Sport infratuzilmasi kengaytirilişi va yirik loyihalarning amalga oşirilişi aholini sportga jalb etiş va yuqori sport natijalariga erişişga katta turtki bermoqda. Sönggi yillarda 101 ta yirik sport obyekti yangidan qurilib, 67 tasi rekonstruksiya qilingani ham bunda muhim ahamiyatga ega bölmoqda.
Olimpiya va paralimpiya markazlarida qiymati qariyb 200 milliard sömlik sport obyektlari barpo etilib, barça zarur zamonaviy infratuzilma yaratildi.
Buxoro va Andijon viloyatlarida yirik universal sport majmualari, Toşkent şahrida “Humo arena” muz saroyi, “Alpomiş” sport majmuasi, Oksana Çusovitina nomidagi gimnastika maktabi, Bahodir Jalolov nomidagi boks maktabi, Respublika velosport mahorat maktab-internati, Milliy futbol markazi, Olimpiya şaharçasi hududida sport obyektlari va inşootlari kabi yirik loyihalar amalga oşirildi.
Sport infratuzilmasi yaxşi rivojlanmagan, olis va çekka hududlardagi mahallalarda namunaviy tipdagi 1915 ta sport maydonçasi qurilib, foydalanişga topşirildi. Joylarda 200 dan ziyod yirik sport inşootlari hamda 4000 ga yaqin xususiy sport klubi iş boşladi.
Sönggi tört yilda sport sohasida 24 ta axborot tizimi işga tuşirildi. “ERP-sport” yagona axborot boşqaruv tizimi yaratilgani natijasida sportga oid maʼlumotlarni tasdiqlangan raqamlar asosida şakllantiriş imkoniyati kengaydi.
Olimpiya terma jamoalari safi 2 barobar kengayib, 10 mingni, paralimpiya terma jamoalari esa 3 barobar kengayib, 1200 nafarni taşkil etdi.
Toşkent şahridagi Olimpiya şaharçasida joriy yil 12-17-aprel kunlari ilk bor taekvondo WT böyiça yoşlar örtasida jahon çempionati ötkazildi. Özbekiston terma jamoasi 3 oltin, 2 kumuş va 1 bronza medal jamğarib, umumjamoa hisobida 3-örinni egalladi. Eʼtiborli jihati, taekvondoçilarimiz mazkur jahon çempionatida birinçi marta bir yöla 3 ta oltin medalga ega bölib, tarixiy natija qayd etdi.
Bişkek şahrida şu yil 23-26-may kunlari badiiy gimnastika böyiça kattalar örtasida ötkazilgan Osiyo çempionatida Özbekiston terma jamoasi 11 oltin, 2 kumuş va 2 bronza medal bilan umumjamoa hisobida 1-örinni egalladi. Yoş gimnastikaçi Taxmina Ikromova musobaqada ketma-ket 5 oltin medal qölga kiritgan yagona iştirokçi böldi.
3-17-iyul kunlari esa Jakarta şahrida U-19 va U-23 yoş toifalarida boks böyiça Osiyo çempionati bölib ötdi. Özbekiston terma jamoasi uşbu nufuzli musobaqada 21 oltin, 6 kumuş va 6 bronza medalni qölga kiritib, har ikki yoş toifasida öğil bolalar va qizlar örtasida umumjamoa hisobida 1-örinni egalladi.
18-19-iyul kunlari Amman şahrida yoşlar örtasida dzyudo böyiça Osiyo çempionati ötkazildi. 20 davlatdan 173 sportçi iştirok etgan musobaqada Özbekiston terma jamoasi 7 oltin, 2 kumuş va 6 bronza medal jamğarib, umumjamoa hisobida 1-örinni egalladi.
Tageytey şahrida 25-31-mart kunlari velosport va para velosportning trek yönalişi böyiça ötkazilgan Osiyo çempionatida Özbekiston terma jamoasi yoşlar va kattalar örtasida 24 oltin, 11 kumuş va 9 bronza medalni qölga kiritdi. Uşbu medallardan 21 oltin, 10 kumuş va 5 bronza parasportçilarimiz hissasiga töğri keldi.
Futbol böyiça milliy terma jamoamiz ilk bor jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritib, 2026-yilning iyun-iyul oylarida jahon çempionatining final bosqiçida iştirok etdi. Guruh bosqiçida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalariga qarşi maydonga tuşdi.
Şu bilan birga, Özbekiston sportning yana bir istiqbolli yönalişi — şaxmat böyiça xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erişib, dunyo miqyosida öz örniga ega bölib bormoqda.
Samarqand şahrida şu yil sentyabr oyida ötkazilgan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi nafaqat Özbekiston sporti, balki dunyo şaxmati tarixida ham unutilmas voqea böldi. Nufuzli musobaqada Özbekiston erkaklar terma jamoasi jahonning eng kuçli şaxmat jamoalari orasida birinçi örinni egallab, oltin medalni qölga kiritdi. Şu tariqa şaxmatçilarimiz 2022-yilda erişgan tarixiy muvaffaqiyatini takrorlab, ikkinçi bor şaxmat olimpiadasi çempioni böldi.
Yaponiyada bölib ötgan XX yozgi Osiyo öyinlarida Özbekiston sportning 42 turi böyiça 396 sportçi bilan qatnaşib, 21 oltin, 25 kumuş va 24 bronza medal bilan umumjamoa hisobida 5-örinni egalladi.
2025-yilda ilk bor uç bosqiçli “Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari” sport musobaqalari tizimi yölga qöyilib, tajriba tariqasida sportning 10 ta olimpiya turi böyiça ötkazildi. Musobaqalarning birinçi mintaqaviy bosqiçida 53 tuman va şahardan 103 ming yoş sportçi iştirok etgan bölsa, ular orasidan 13,3 mingi ikkinçi bosqiçga saralandi.
Musobaqalarning final bosqiçi Olimpiya şaharçasida Prezident olimpiadasi sifatida taşkil etilib, unda hududlardan saralangan va Olimpiya hamda paralimpiya markazlaridan töğridan töğri yöllanma olgan 2913 yoş sportçi iştirok etdi. Musobaqalar 11 kun ötkazilib, iştirokçilar 497 medal jamlanmasi uçun bellaşdi.
Musobaqalar yakuniga köra, umumjamoa hisobida Toşkent şahri 1-örinni, Toşkent viloyati 2-örinni va Xorazm viloyati 3-örinni egalladi. Eʼtiborlisi, 521 ğolib va sovrindorning 331 nafari Özbekiston terma jamoalari aʼzosi, ularning 80 nafari Osiyo va jahon çempionatlari ğolib va sovrindorlaridir.
Mazkur natijalar “Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari” musobaqalari yoşlarni ommaviy sportga jalb etiş bilan birga iqtidorli sportçilarni erta aniqlaş, saralaş va yuqori natijalarga yönaltirişda muhim mexanizmga aylanayotganini körsatmoqda.
Sportda yaratilgan yaxlit tizimning amaliy natijalari sifatida joriy yilda Olimpiya şaharçasida ötkazilgan xalqaro sport tadbirlarini ham misol qiliş mumkin. Jumladan, 2026-yil avgustda yoşlar va ösmirlar örtasida oğir atletika böyiça Osiyo çempionati Olimpiya şaharçasida ötkazildi. Çempionatda Osiyoning 29 mamlakatidan 300 dan ortiq oğir atletikaçi iştirok etdi.
2026-yil oktyabrda Olimpiya şaharçasining Suv sporti saroyida yana bir muhim nufuzli musobaqa — suziş böyiça jahon kubogi ötkazildi.
Şulardan ham körinib turibdiki, Olimpiya şaharçasidagi sport inşootlari özbek sportining milliy timsoli va yagona sport klasteriga aylanib bormoqda.
Uşbu yirik infratuzilmaning samarali faoliyat yuritişi, unda yaratilgan imkoniyatlardan töliq foydalaniş hamda belgilangan vazifalarning öz vaqtida va sifatli bajarilişini taʼminlaş esa, avvalo, ijro intizomi va rahbarlarning şaxsiy masʼuliyatini oşiriş bilan bevosita boğliq.
Bugun qonunçilik hujjatlari va topşiriqlar ijrosining amalda nazorat qilinişi yölga qöyilgan bölib, bunda vazirlik hamda uning tizimidagi taşkilotlarda işlarning real holatini tanqidiy örganiş, şuningdek, elektron maʼlumotlar bazasi asosida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida öz vaqtida hisobot berilişiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Vazirlik tomonidan Özbekiston Respublikasi qonunlari, Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi rahbari hujjatlari va topşiriqlarining öz vaqtida, sifatli va töliq ijro etilişi yuzasidan “texnologik zanjir” asosida Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi bilan birgalikda tizimli işlar bajarilmoqda.
Belgilangan topşiriqlar ijrosining öz vaqtida taʼminlanişi böyiça javobgarlik vazirlikning barça böğini rahbarlari zimmasiga yuklatildi.
Şu bilan birga, soha mutaxassislariga ijro intizomining ahamiyati va zarurati böyiça bilimi, hujjatlar bilan işlaş böyiça malakasini oşirişga qaratilgan amaliy maşğulotlar muntazam ötkazilmoqda.
Sport vazirligi masʼul bölgan hujjatlar va topşiriqlar tahlil qilinganda, 2026-yilning yanvar-sentyabr oylarida “Ijro.gov.uz” elektron tizimida nazoratga olingan 1070 dan ortiq topşiriqning ijrosi öz vaqtida taʼminlangani maʼlum böldi. Körilgan çoralar va belgilangan vazifalar vazirligimiz oldida turgan muhim dastur va rejalarning ijrosini taʼminlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu jarayonda, yuqorida taʼkidlaganimizdek, ijro intizomini taʼminlab, har birimiz öz vazifamizga sidqidildan yondaşişimiz, “Sportda mukammallik: tizim, intizom va natija” degan şior bilan har kunlik iş jarayonini taşkil etişimiz zarur.
Adham IKRAMOV,
Özbekiston Respublikasi sport vaziri