Tomonlar viloyatda suyultirilgan gaz ishlab chiqarish va mavjud uglevodorod resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Muloqotda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, neft-gaz sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, energiya resurslaridan samarali foydalanish va loyiha uchun zarur infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuvda investitsiya hajmi va texnologik yechimlarni aniqlash, xomashyo ta’minoti, shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga chiqarish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida loyihaning texnik-iqtisodiy parametrlarini chuqur o‘rganish, mavjud imkoniyatlarni baholash va hamkorlikning keyingi bosqichlarini belgilash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tashabbus amalga oshirilishi Surxondaryoda neft-gaz sohasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlari tashkil qilish va hududning sanoat salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.