Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “P.N.” MCHJ rahbari A.Sh. “Quchoq” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan vizual aniqlab bo‘lmaydigan tarzda to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 146,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda Xo‘jayli tumanidagi “B.M.” nodavlat ta’lim muassasasi mas’ul shaxslari muassasa binosida tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan vizual aniqlab bo‘lmaydigan tarzda to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 116,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi “H.C.” nodavlat ta’lim muassasasi mas’ul shaxslari ham muassasa binosida, 137,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Hazorasp tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro D.K. “Jaloyir” MFY hududidagi novvoyxonasida tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 99,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.