Holat yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ rasmiy izoh berdi.
Qayd etilişiça, Prezidentning 2026-yil 22-sentyabrdagi PF–202-son Farmoni bilan tadbirkorlik subyektlari uçun elektr energiyasi böyiça 15 foizlik oldindan tölov mexanizmi joriy etilgan.
Uşbu tartibga muvofiq, namunaviy isteʼmolçi maqomiga ega yuridik şaxslar hisobot oyi boşlanguniga qadar şartnomada belgilangan elektr energiyasi qiymatining 15 foizini tölaydi. Qolgan mablağ esa oy davomida ehtiyojdan kelib çiqib, qismlarga bölib tölanişi mumkin.
Biroq mazkur imtiyoz barça tadbirkorlik subyektlariga taalluqli emas. Undan foydalaniş uçun korxona quyidagi talablarga javob berişi kerak:
- elektr energiyasini hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimiga (EHNAT) ulangan bölişi;
- masofadan boşqariş imkoniyatiga ega hisoblagiç bilan taʼminlangan bölişi;
- elektr energiyasi uçun muddati ötgan qarzdorligi bölmasligi;
- elektr energiyasidan foydalaniş va uni hisobga oliş qoidalarini buzmagan bölişi.
Şuningdek, sönggi ikki oy davomida tölov intizomiga rioya qilmagan isteʼmolçilar uşbu imkoniyatdan foydalana olmaydi.
Rasmiy maʼlumotga köra, 15 foizlik oldindan tölov tartibidan foydalaniş huquqi EHNAT va hisob-kitob maʼlumotlari asosida avtomatik aniqlanadi. Buning uçun tadbirkorlardan alohida ariza yoki qöşimça kelişuv talab etilmaydi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ maʼlum qilişiça, mazkur tizimni joriy etiş böyiça texnik işlar töliq yakunlangan.
Agar tadbirkorlik subyekti belgilangan talablarga javob bersa-da, 15 foizlik tölov tartibidan foydalana olmayotgan bölsa, 1154 qisqa raqami orqali murojaat qilişi mumkin.