Ular kredit, oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, kommunal va soliq qarzdorligiga oid nizolarni ko‘rib chiqish cho‘zilayotganini aytmoqda. Dalillar yetarli bo‘lgan ishlar bo‘yicha jarayonlarni soddalashtirish va muddatlarni qisqartirish mumkinligi qayd etildi.
Oliy sud, Biznes-ombudsman va Adliya vazirligi Andijonda tadbirkorlarning murojaatlarini eshitib, masalalariga yechim topishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.
Oktabr–noyabr oylarida respublika bo‘ylab tadbirkorlar va davlat tashkilotlari yuridik xodimlari uchun nizolarni sudgacha hal qilish, ularni kamaytirish va sud jarayoni bo‘yicha o‘quvlar o‘tkaziladi.
Bir oyda protsessual qonunchilik tahlil qilinib, qaysi ishlarni soddalashtirilgan tartibda ko‘rish va muddatlarni qisqartirish mumkinligi yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.
Shuningdek, oktabr–noyabr oylarida tadbirkorlar va davlat tashkilotlari yuridik xodimlari uchun nizolarni sudgacha hal qilish va sud jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etiladi.