Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxtako‘pir tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Taxtako‘pirtumangaz” ta’minoti bo‘limi moddiy javobgar shaxslari tomonidan qiymati 1 mlrd so‘mlik 1067 dona suyultirilgan gaz balonlari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.