Materiallar xalqaro jurnalist, tahlilchi va ekspertlar tomonidan tayyorlanib, loyihaга nisbatan global professional hamjamiyatning yuqori qiziqishini koʻrsatmoqda.

The Economist

Britaniya nashri Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga bagʻishlangan navbatdagi materialni eʼlon qildi. Xususan, maqolada mazkur markaz mamlakatdagi islohotlar va uning xalqaro maydondagi oùamiyati ortishi nuqtai nazaridan yoritilgan.

Qayd etilishicha, majmua Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi asosida amalga oshirilgan mualliflik loyihasi boʻlib, insonparvarlik, bagʻrikenglik va maʼrifat gʻoyalariga tayanadigan izchil davlat siyosatini aks ettiradi. Bu yondashuv zamonaviy dunyo chaqiriqlariga munosib javob sifatida baholanadi.

Maqolada markaz Oʻzbekistonning zamonaviy madaniy va intellektual qiyo­fasini shakllantirishda muhim omil sifatida tavsiflangan. Shuningdek, mamlakatning oʻz tarixiy merosini chuqur anglash va uni global kun tartibiga uygʻunlashtirishga intilishi taʼkidlangan.

Markaziy Osiyoga ilmiy va falsafiy anʼanalar asrlar davomida shakllangan, jahon tamadduniga katta taʼsir koʻrsatgan hudud sifatida eʼtibor qaratilgan. Shu bilan birga, meʼmoriy anʼanalar va zamonaviy texnologiyalar uygʻunligi madaniy oʻzlikni saqlagan holda modernizatsiya yoʻli tanlanganini koʻrsatadi.

El Mundo Financiero

Ispaniyaning El Mundo Financiero nashrida eʼlon qilingan materialda taʼkidlanishicha, Toshkentda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi yangi Oʻzbekistonning Uchinchi Renessans gʻoyasi doirasidagi strategik madaniy va intellektual loyihasi sifatida baholanib, tarixiy meros, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy tadqiqot salohiya­tini uygʻunlashtirgan holda sivilizatsiyalar oʻrtasida muloqot va bilim almashinuvini taʼminlovchi global platforma sifatida namoyon boʻlmoqda.

Bugun Markaziy Osiyo yuragida yuzaga kelgan bir loyiha oʻz koʻlami va aħa­miyati bilan jahon eʼtiborini tortmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat meʼmoriy yodgorlik, balki mintaqaning oʻtmishi, buguni va kelajagini bogʻlovchi intellektual koʻprikdir.

24.kg

Qirgʻizistonning ommabop nashrida berilgan maqolada taʼkidlanishicha, Toshkentda barpo etilgan mazkur markaz mamlakatning eng yirik maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy loyihalaridan biri boʻlib, Oʻzbekistonning koʻp ming yillik tarixi, boy madaniy merosi va jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini kompleks tarzda namoyon etuvchi muhim ilmiy va madaniy makon sifatida baholanmoqda.

“Islom sivilizatsiyasi markazi mintaqa xalqining uch ming yillik tarixini, intellektual salohiyatini, madaniy ildizlarini va jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini aks ettiradi. Zero, mamlakatda yuritilayotgan siyosat asosida ilm-fan va taʼlim ustuvorligi mujassam. Chunki aynan bilim, maʼrifat va inson salohiyatini rivojlantirish orqali kuchli davlat va erkin jamiyatni barpo etish mumkin”, deyiladi maqolada.

OʻzJOKU talabasi

Aziza SHAROFIDDINOVA tayyorladi.