Bosh prokuraturaning ma'lum qilishicha, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan Qonun talablari buzilib, tender tanlovlari o'tkazilmasdan, festival tadbirlarini o'tkazish uchun turli firmalar bilan 20 mlrd. so'mlik to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzilgan.
Ushbu festivallar 2022 yilning may-sentyabr` oylarida amalda o'tkazib bo'lingan bo'lsada, qonun buzilishlarni yashirish maqsadida “etender.uzex.uz” maxsus axborot portaliga 24 oktyabr` va 3 noyabr` kunlari poytaxtda 5 ta festival tadbirlarini o'tkazish haqida nomigagina e'lon va hujjatlar joylashtirilgan hamda shartnomalar tuzilgan.
O'tkazilgan festivallar doirasida ham amalda bajarilmagan ishlar va ko'rsatilmagan xizmatlar uchun 8 mlrd. so'mlik byudjet mablag'lari talon-taroj qilingani aniqlandi.
Tekshirish natijasiga ko'ra, Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasi mansabdorlarga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Boshqarma tomonidan amalda bajarilmagan ishlar va ko'rsatilmagan xizmatlar uchun 8 milliard so'mlik byudjet mablag'lari talon-taroj qilingani aniqlandi.
Oʻzbekistonda zilzila sodir boʻldi
- Toshkentda jamoat transporti yoʻlkirasi oshiriladi
- Andijon viloyatida yuk mashinasi 5 ta avtomobilni urib yubordi
- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston turizm sohasi xodimlariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi
- Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga
- O‘zbekiston turizm sohasi xodimlariga
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi