Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.B” MChJ mas’ul shaxslari Shayxontohur tumani, “Beltepa” MFY hududidagi binoda umumiy foydalanishdagi ichimlik suvi tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 3,2 mlrd so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.