Bu haqda “Toshkent shahrini 2026–2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, savdolarda buyurtmachi sifatida “Toshkent invest kompaniyasi” AJ ishtirok etadi. Kompaniya har bir obyekt bo‘yicha tayyor biznes loyihasini ishlab chiqadi va shu asosda obyektlar sotuvga qo‘yiladi. Bozorlarni sotishdan tushgan mablag‘ning 1 foizi hamda savdoga chiqarish xarajatlari kompaniyaga o‘tkaziladi.

Bozor va savdo komplekslarini savdoga chiqarishda ular o‘rnida zamonaviy ekobozor, savdo va xizmat ko‘rsatish, ko‘ngilochar markazlar hamda ko‘p qavatli avtoturargoh tashkil etish shart bo‘ladi.

Quyida ommaviy savdolarga chiqariladigan bozor va savdo kompleksi hamda ularning shoxobchalari to‘liq ro‘yxati keltirildi:

“Navro‘z dehqon bozori” AJ;

“Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ;

“Bek to‘pi savdo kompleksi” MChJ;

“Sergeli dehqon bozori” AJ;

“Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori” MChJ;

“Parkent universal savdo kompleksi” AJ;

“Yangiobod ixtisoslashgan bozor” MChJ;

“Aviasozlar dehqon bozori” AJ;

“Qora-qamish dehqon bozori” MChJ;

“Farhod dehqon bozori” AJ;

“O‘rikzor savdo kompleksi” MChJ;

“Qo‘yliq dehqon bozori” AJ;

“Navro‘z dehqon bozori” AJning “Bo‘z” shoxobchasi;

“Navro‘z dehqon bozori” AJning “Yalang‘och” shoxobchasi;

“Navro‘z dehqon bozori” AJning “Qorasuv 2” shoxobchasi;

“Navro‘z dehqon bozori” AJning “Avayxon” shoxobchasi;

“Navro‘z dehqon bozori” AJning “Navro‘z” shoxobchasi;

“Navro‘z dehqon bozori” AJning “Ulug‘bek” shoxobchasi;

“Navro‘z dehqon bozori” AJning “Shirin” shoxobchasi;

“Yunusobod dehqon bozori” AJning “Axmad Donish” shoxobchasi;

“Yunusobod dehqon bozori” AJning “TashGRЕS” shoxobchasi;

“Sergeli dehqon bozori” AJning “Sergeli-7” shoxobchasi;

“Sergeli dehqon bozori” AJning “Sergeli-1” shoxobchasi;

“Sergeli dehqon bozori” AJning “Qo‘yliq-5” shoxobchasi;

“Sergeli dehqon bozori” AJning “Qo‘yliq-6” shoxobchasi;

“Sergeli dehqon bozori” AJning “Quruvchilar” shoxobchasi;

“Qora-qamish dehqon bozori” MChJning “Chig‘atoy” shoxobchasi;

“Qora-qamish dehqon bozori” MChJning “Chuqursoy” shoxobchasi;

“Qora-qamish dehqon bozori” MChJning “Shifokorlar” shoxobchasi;

“Qora-qamish dehqon bozori” MChJning “Xonaki qushlar va akvarium baliqlari” shoxobchasi;

“Qora-qamish dehqon bozori” MChJning “Yoshlik” shoxobchasi;

“Yangiobod ixtisoslashgan bozori” MChJga qarashli shoxoba;

“Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJga qarashli “Bek to‘pi” avtoturargohi;

“Beshqo‘rg‘on savdo” MChJ.

Hujjatda keltirilishicha, Toshkent shahridagi boshqa dehqon (oziq-ovqat) bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari (savdo komplekslari)ning shoxobchalari hamda ularning bo‘sh turgan maydonlari master rejalar va belgilanadigan shartlar asosida baholangan qiymatda elektrton onlayn auksion savdolariga chiqariladi.